«Bavariya» Luis Dias transferi ustida faollikni oshirdi
«Bavariya» Luis Dias transferi ustida ishlashni kuchaytirdi.
Bild nashrining ta’kidlashicha, myunxenliklar sport direktori Maks Eberl «Liverpul» vingeriga aniq taklif bilan chiqqan. Tomonlar hamkorlikning moliyaviy shartlarini muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, kolumbiyalik futbolchi Angliya chempionlari safidan ketish haqida o‘ylamoqda.
APL-2024/25’da Dias 36 o‘yinda 13ta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/