Frimpong Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi uchta o‘yinchi nomini aytdi

«Liverpul»ning yangi o‘ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong o‘z fikricha, Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng kuchli futbolchilarni nomladi.

Frimpong birinchi eslatib o‘tgan «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri edi. Ikkinchisida esa himoyachi «Chelsi»ning sobiq hujumchisi Didye Drogbaning muxlisi ekanligini tan oldi. Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi uchinchi bo‘lib, «Manchester Yunayted»da o‘ynagan Krishtianu Ronalduni esladi.

Qayd etish kerakki, Frimpong hozirgi jamoasidan birorta futbolchini tilga olmadi. 24 yoshli lateral joriy transfer oynasida «Bayer»dan «Liverpul»ga o‘tdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter