Gvardiola Savio superyulduz bo‘lishi uchun nimalar kerakligini aytdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola vinger Savioning istiqbollari haqida fikr bildirdi.

21 yoshli braziliyalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Yuventus»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yin (5:2) qahramonlaridan biriga aylandi.

«U o‘ziga aytishi kerak: «Men hal qiluvchi rol o‘ynashni istayman, gol urishni, golli uzatmalarni amalga oshirishni istayman» – shunda u ajoyib futbolchiga aylanadi. Hozirning o‘zidayoq u ikkala qanotda ham o‘ynashga qodir, juda tezkor va taktik jihatdan qanday harakat qilish kerakligini biladi. Shuning uchun ham u bizga foyda keltiryapti. Undan mamnunman,» – dedi Gvardiola «Al-Hilol»ga qarshi 1/8 final o‘yini oldidan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter