«Monako» Ansu Fatini «Barselona»dan qanday summaga sotib olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» vingeri Ansu Fatining «Monako»ga ijaraga berilishining moliyaviy qismi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Diario Sport nashrining ta’kidlashicha, monakoliklar ijara muddati yakunlangach, 22 yoshli futbolchini 11 million yevroga sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, «Barselona»da ortga qaytarish huquqi bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, Fatining ijarasi tufayli «Barselona» futbolchining maoshidan qariyb 8 million yevro iqtisod qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter