Romero shartnomasini uzaytirdi

«Vilyarreal» jamoa himoyachisi Karlos Romero bilan hamkorlikni uzaytirgani haqida xabar berdi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Romero ijara asosida Kataloniyaning «Espanyol» klubida o‘ynagan edi. Keyingi mavsum Karlos yana shu jamoada o‘ynaydi.

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida himoyachi 35 ta o‘yinda ishtirok etgan. Romero ikkita gol va bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter