Kopmeyners «Yuventus»ning «Manchester Siti»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatini izohladi
«Yuventus» yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Manchester Siti»ga (2:5) qarshi o‘yinda jamoa qanday muammolarga duch kelgani haqida gapirdi.
«Juda kuchli raqibga qarshi qiyin o‘yin. Menimcha, biz juda chuqur himoyalandik – bunday raqib bilan bunday o‘ynash qiyin. «Manchester Siti»ga to‘pni erkin nazorat qilishiga yo‘l qo‘ydik, to‘p bilan yomon muomalada bo‘ldik. Ko‘plab jihatlarni yaxshilashimiz kerak,» – dedi «Siti» darvozasiga birinchi golni urgan Kopmeyners DAZN bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/