Xabi Alonso: «Murabbiy bo‘lishdan ko‘ra, futbolchi bo‘lish yaxshiroq»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso murabbiylik faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ispaniyalik mutaxassis 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan, shundan so‘ng u murabbiylik faoliyatini boshlagan. Mutaxassis «Bayer»da murabbiy sifatida o‘zini yaxshi ko‘rsatdi va «Real»ga taklif qilindi.

«Murabbiy bo‘lish – stressli ish, ammo tajribadan zavq olishga harakat qilaman. Menga ishim juda yoqadi, garchi futboldagi eng yaxshi narsa futbolchi bo‘lish bo‘lsa ham», – dedi Alonso «Zalsburg» jamoasiga qarshi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Xabi Alonso iyun oyi boshida Braziliya terma jamoasiga ketgan Karlo Anchelotti o‘rnini egalladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter