Messi «Inter Mayami»ning KO‘JCH 1/8 finaliga chiqishi haqida fikr bildirdi
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finaliga chiqishi haqida gapirdi.
«Kechagi o‘yinda g‘alaba qozonishni istagan bo‘lsak-da, fakt shuki, biz 1/8 finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldik va bu klub uchun katta ahamiyatga ega. «Inter Mayami» va MLS uchun yana bir tarixiy qadam,» – deb yozdi 38 yoshini nishonlagan argentinalik ijtimoiy tarmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/