«Barselona» direktori «Real»ning transferlari haqida gapirdi
«Barselona»da sport direktori lavozimida ishlayotgan Deku «Real»ning tarkibni kuchaytirish borasidagi ishiga izoh berdi. Yozda madridliklar himoyachilar Trent Aleksandr-Arnold va Din Xyoysen, shuningdek, hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuono bilan shartnoma imzoladi.
«Markaziy himoyachi Xyoysen juda yaxshi. Trent Aleksandr-Arnold ham ajoyib futbolchi. Mastantuono? Biz «Real» bilan solishtirganda boshqa dunyoda yashayapmiz,» – dedi Dequ La Vanguardia.
Bu bilan Deku «Barselona» hozirda boshqacha transfer strategiyasiga ega ekanini ta’kidladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/