«Fluminense» hujumchisi «Ulsan»ga qarshi o‘yindagi g‘alaba haqida gapirdi
Braziliyaning «Fluminense» klubi forvardi Jon Arias klublar o‘rtasidagi JCH – 2025 guruh bosqichi doirasidagi «Ulsan»ga qarshi bahsda g‘alaba qozongani haqida gapirdi.
«Uchrashuvning birinchi yarmini muvaffaqiyatsiz o‘tkazdik, biroq tanaffusdan so‘ng barchasini to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘ldik. Jamoa o‘zidan talab qilingan ishni qildi. Tanaffusdan keyin butunlay boshqacha kayfiyat bilan chiqdik. «Fluminense» hisobni yiriklashtirdi va g‘alaba qozondi. Biz pley-offda o‘ynash niyatidamiz,» – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/