Mareska: «Biz u bilan tez orada bog‘lanamiz»

«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska Angliya futbol assosiasiyasi tomonidan antidoping qoidalarini buzganlikda ayblanayotgan ukrainalik vinger Mixaylo Mudrik bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.

«Men Misha bilan Polshada bo‘lib o‘tgan Konferensiyalar ligasi finalida gaplashdim – o‘shanda u yaxshi ko‘rinardi, xavotir alomatlari yo‘q edi.

O‘shandan beri gaplashmadik. Menga vaziyat haqida ma’lumot berildi, lekin menda hech qanday ma’lumot yo‘q, shuning uchun men hech narsa qo‘sha olmayman.

O‘ylaymanki, biz u bilan tez orada bog‘lanamiz», – dedi Mareska.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter