«Roma» va «Liverpul» klublarining sobiq futbolchisi bosh murabbiyga aylandi
Mashhur italiyalik sobiq futbolchi, «Roma» va «Liverpul» kabi klublarda o‘ynagan Alberto Akvilani «Katanzaro»ning yangi murabbiyiga aylandi. Buni klub maxsus press-reliz orqali tasdiqladi.
Akvilani o‘tgan mavsum «Piza» bilan ishlagan, bu uning birinchi murabbiylik tajribasi edi. Bir yil muqaddam unga «Fiorentina» murabbiyi bo‘lishi aytilgandi, ammo bu ish bermadi.
Endi u Italiya futbolining yuqori ligasiga qaytish niyatida bo‘lgan klub murabbiyi sifatida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘tgan mavsumda klub turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallagandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/