Ispaniya top-klubi Zinchenko bilan muzokaralar olib bormoqda
Londonning «Arsenal» klubiga tegishli bo‘lgan qanot himoyachisi Aleksandr Zinchenko Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ukrainalik futbolchiga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda. «Matraschilar» himoyachi vakillari bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralarni boshladi. «Kanonirlar» Zinchenko uchun 15 million yevro to‘lashsa, u bilan xayrlashishga tayyor.
O‘tgan mavsumda Aleksandr London jamoasining 23 ta o‘yinida qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/