«Arsenal» Zinchenkoning narxini ma’lum qildi
Londonning «Arsenal» klubi yozgi transferlar vaqtida himoyachi Aleksandr Zinchenkoni sotib yuborish haqida o‘ylamoqda.
Corriera dello Sport nashrining yozishicha, ingliz klubi ukrainalik futbolchining transfer qiymatini 10 million yevro etib belgilagan. Zinchenkoga asosiy da’vogarlardan biri Italiyaning «Milan» klubi bo‘ldi. «Rossonerilar» rahbariyati allaqachon «Arsenal» bilan futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ukrainalik futbolchi londonliklar safida 2022 yilning yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda Zinchenko barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bir marta sherigiga gol urishga yordam berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/