Suares: «Shunchaki ishtirok uchun qatnashmayapmiz»

«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ochilishidan o‘rin olgan Misrning «Al-Ahli» jamoasiga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

Mayamidagi «Xard Rok» stadionida kechgan o‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

«Menimcha, biz biror narsani tubdan o‘zgartirishimiz shart emas. Shunchaki o‘z imkoniyatlarimizdan to‘g‘ri foydalanib, gol urishimiz kerak – shunda xotirjamlik o‘z-o‘zidan keladi. Biz «Inter Mayami»ning nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lganimiz uchun o‘zimiz uchun yuqori maqsadlar qo‘ymoqdamiz. Biz bu yerda shunchaki ishtirok etish uchun emasmiz – biz kurashishni va g‘alaba qozonishni xohlaymiz, – deb urugvaylik futbolchining so‘zlarini keltiradi MLS matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter