Suares KO‘JCH ilk o‘yinidagi durang haqida fikr bildirdi

«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ochilishidan o‘rin olgan Misrning «Al-Ahli» jamoasiga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

Mayamidagi «Xard Rok» stadionida kechgan o‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

«Ularning darvozaboni ajoyib ish qildi – jamoani bir necha bor qutqardi, u ham darvozabonimiz Ustari kabi maydondagi eng yaxshilardan biri edi. Bunday o‘yinlar jismoniy jihatdan qiyin va raqib bunga tayyor edi. Biz kurashish kerakligini bilardik va buni uddaladik,» – dedi Suares.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter