De Paul – «PSJ» bilan o‘yin haqida: «Har bir jamoaning zaif tomonlari bor»

Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Rodrigo De Paul klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi o‘yindan nima kutayotgani haqida gapirdi.

«Biz Yevropaning amaldagi chempioni – buyuk murabbiyga ega buyuk jamoa bilan o‘ynashimiz kerak. Ammo har bir jamoaning bizda bo‘lgani kabi zaif nuqtalari bor, uch ochko bilan boshlash uchun shunga urg‘u berishga harakat qilamiz, bu muhim bo‘ladi,» – deya De Paulning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Futbolchi ispaniyaliklarning kayfiyatiga e’tibor qaratdi va «Atletiko» butun turnirni oxirigacha bosib o‘tishiga umid bildirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter