«Sporting» Dyokereshni arzon narxda qo‘yib yuborishga tayyor emas

Lissabonning «Sporting» klubi prezidenti Frederik Varandash hujumchi Viktor Dyokereshning ehtimoliy transferi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Agent bilan uchrashuvda faqat bitta kelishuv bor edi: biz shartnomada ko‘rsatilgan tovon pulini talab qilmaymiz. O‘shanda men to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytdim – bir yildan keyin aniq narx qanday bo‘lishini bilmayman. Bu 40, 60 yoki 80 million yevro bo‘lishi mumkin, ammo shartnomada ko‘rsatilgan 100 millionni so‘ramaymiz. Biz bosim va ommaviy manipulyasiyalarga toqat qilmaymiz. 60 million yevro va 10 million yevro bonuslar sharti bilan tuzilgan bitim bizni qoniqtirmaydi. Bundan tashqari, bugungi kunga qadar «Sporting» Dyokeresh bo‘yicha birorta ham rasmiy taklif olmagan,» – deya «Sporting» prezidentining so‘zlarini keltiradi Evening Standard.

Shvesiyalik hujumchi Viktor Dyekeresh Lissabonning «Sporting» klubi safida ajoyib mavsum o‘tkazdi va klub uchun barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda 54 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bunday natija uni joriy mavsum oralig‘idagi transfer bozorida eng ko‘p muhokama qilinayotgan shaxslardan biriga aylantirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter