«Marsel» «Barselona»ning sobiq himoyachisini sotib olishdan bosh tortdi

«Vulverxempton» himoyachisi Nelson Semedu «Marsel»ga o‘tmaydi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, fransuz klubi va 31 yoshli portugaliyalik o‘rtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlangan – tomonlar moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. Kelishuv buzilishining asosiy sababi futbolchining maoshga bo‘lgan yuqori talablari bo‘ldi.

«Marsel» rahbariyati ularni ortiqcha deb topdi va muzokaralarni to‘xtatishga qaror qildi. Semeduning ingliz klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi va u 1 iyuldan erkin agentga aylanadi.

O‘tgan mavsumda o‘ng qanot himoyachisi barcha musobaqalarda 37ta o‘yinda maydonga tushib, beshta golga hammualliflik qildi. Avvalroq Nelson Semedu «Barselona» va «Benfika»da to‘p tepgan bo‘lsa, 2020 yilda «Vulverxempton»ga o‘tgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter