Ispaniya terma jamoasining 19 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi

Ispaniya terma jamoasi o‘tgan yilning mart oyidan beri birinchi marta mag‘lub bo‘ldi.

Luis de la Fuente jamoasi Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (2:2, penaltilar seriyasida 3:5).

Ispanlarning 19 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi to‘xtatildi.

So‘nggi mag‘lubiyat 2024 yil 22 mart kuni Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (0:1) bo‘lgan. O‘shandan beri Ispaniya Yevropa chempionatida g‘olib chiqdi.

Rasmiy o‘yinlarda mag‘lubiyat 2023 yilning mart oyidan beri kuzatilmagan – o‘shanda Yevro saralashida Shotlandiyaga yutqazilgan (0:2).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter