Portugaliya to‘rt bor o‘tkazilgan Millatlar ligasi turnirida ikki bor g‘alaba qozongan
Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasida ikkinchi marta g‘olib chiqdi.
Roberto Martines boshchiligidagi jamoa musobaqaning hal qiluvchi o‘yinida Ispaniya terma jamoasini mag‘lub etdi (2:2, penaltilar seriyasi bo‘yicha 5:3).
Portugaliyaliklar to‘rt mavsumdan ikkitasida g‘olib bo‘lgan – bungacha ular 2019 yilda kubokni qo‘lga kiritgan. 2021 yilda Millatlar ligasida Fransiya, 2023 yilda esa Ispaniya terma jamoasi g‘olib chiqdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/