De Dzerbi «Tottenxem»ni boshqarishdan bosh tortdi

«Marsel» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi «Tottenxem»ni boshqarishdan bosh tortdi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

London klubi yaqinda 46 yoshli italiyalik mutaxassisga «shporlar»ni boshqarish taklifi bilan murojaat qilgan, biroq «Shaxtyor» va «Brayton»ning sobiq bosh murabbiyi rad javobini bergan. Roberto «Marsel»da qolmoqchi.

De Dzerbining fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Italiyalik 2024/25 yilgi mavsum boshlanishidan oldin jamoaga kelgan va u bilan Fransiya chempionatini Liga 1 turnir jadvalida 2-o‘rinda yakunlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter