Uotkins jarohati tufayli Angliya terma jamoasini tark etdi
Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkins jarohati sabab jamoani tark etdi, deya xabar beradi jamoaning rasmiy Twitter sahifasi.
Qayd etilishicha, jarohat yengil, biroq futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun qo‘yib yuborishga qaror qilingan.
Bugun, 7 iyun kuni Angliya terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Andorra bilan mehmonda bahs olib boradi.
Shundan so‘ng inglizlar o‘z maydonida Senegal termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 10 iyun kuniga belgilangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/