Ispaniya 19 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti
Ispaniya terma jamoasi ketma-ket 19 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti.
De la Fuente shogirdlari Millatlar ligasining nimchorak finalida Fransiyani mag‘lub etishdi (5:4).
Ispaniya ketma ket 19 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. 2024 yilning mart oyida Kolumbiya o‘rtoqlik o‘yinida ispanlarni mag‘lub etgan (1:0). O‘shandan beri jamoa 15 marta g‘alaba qozongan va 4 marta durang o‘ynagan.
Ispaniya 2023 yilning mart oyidan beri rasmiy o‘yinlarda mag‘lub bo‘lmayapti. O‘shanda Yevro-2024 saralashida Shotlandiyaga mag‘lub bo‘lgan (0:2).
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/