Virs: «Jurnalistlarning hamma gapiga ham ishonish shartmas»
Florian Virs 10-raqam ostida o‘ynash istagi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.
Kecha insayder Florian Plettenbergning xabar berishicha, agar yarim himoyachi «Liverpul»ga o‘tsa, xuddi «Bayer»dagi kabi 10-raqamni olishni xohlashini yozgandi.
Ayni paytda 10-raqamni «Liverpul»da Aleksis Makallister egallab turibdi. Bugun Virs ushbu nashrga izoh berishga qaror qildi.
«10-raqamni xohlayman deganlarga: Men futbolchilarni hurmat qilaman. Ular yozgan hamma narsaga ishonishingiz shart emas», – deya ta’kidladi yarim himoyachi va masxaraboz emodzisini qo‘shib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/