Pep Gvardiola: “Mavsum og‘ir bo‘ldi, lekin biz muhim vazifani bajardik”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning 2024/25 yilgi mavsumdagi natijalariga baho berdi.

«Mavsum murakkab bo‘ldi, og‘ir yilni boshdan kechirdik. Chempionlar Ligasida ko‘plab muammolarga duch keldik, o‘yinlarimizda barqarorlik yetishmadi. Ammo biz muhim maqsadga erishdik — Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Angliyada bu ayrim sovrinlardan ham qadrliroq. Hozirgi paytda turnirga yo‘llanma olish uchun 7–9 ta jamoa kurashmoqda, shuning uchun bu vazifa yanada og‘irlashdi. Mavsumni yaxshi notada yakunladik, endi esa oldimizda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati turibdi. Unda imkon qadar uzoqqa borishga harakat qilamiz», dedi Gvardiola Sport.es nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” hech qanday sovrinni yutolmadi. Ular Angliya Premyer Ligasini uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida “Real”ga mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi. Liga kubogi finalida esa “Kristal Pelas”ga imkoniyatni boy berdi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter