«Brayton» vingeri grandlar nishonida
«Brayton»ning 20 yoshli yarim himoyachisi Yankuba Minte yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Fichajes nashri xabariga ko‘ra, gambiyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda. Manbaning ta’kidlashicha, klub bu transferdan taxminan 35 million ishlab olmoqchi.
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot avval ham «Feyenoord»da Minte bilan birga ishlagan va uning salohiyatini yuqori baholagan. «Manchester Yunayted» futbolchiga tarkibdagi ehtimoliy o‘zgarishlar fonida qanot hujumini kuchaytirish varianti sifatida qaramoqda. Hozircha muzokaralar boshlang‘ich bosqichda, biroq Angliyaning yetakchi klublaridan qiziqish yaqin haftalarda voqealar rivojini tezlashtirishi mumkin.
2024/25 yilgi mavsumni barqaror o‘tkazgan Minte 37 ta o‘yinda 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/