Achimpong: «Chelsi» tarixining bir qismi bo‘lishim mumkinligidan juda xursandman»
«Chelsi» himoyachisi Josh Achimpong Konferensiyalar Ligasi finalida «Betis»ga qarshi o‘yin oldidan tarixning bir qismi bo‘lish imkoniyatidan xursand ekanini ta’kidladi.
«Tarixning bir qismi bo‘lishim mumkinligidan juda xursandman. O‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Bu g‘alaba akademiya tarbiyalanuvchisi sifatida men uchun katta yutuq bo‘lardi. Bosh jamoa bilan sovrinni qo‘lga kiritdim, deb ayta olaman. Bu ajoyib bo‘lardi!» – deya Acheampongning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/