«Xaydenxaym» Bundesligadagi o‘rnini saqlab qoldi

«Xaydenxaym» safarda «Elfsberg»ni javob o‘yinida mag‘lub etdi – 2:1. Jamoalar 2025/26-yilgi mavsumda Bundesligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun maydonga chiqishgandi.

Mehmonlar safida gollarga Matias Xonsak va 90+5-daqiqada Leo Skiyensa mualliflik qildi. Mezbonlar safida Robin Fellxauer o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Dastlabki o‘yinda kuchlar teng kelgandi – 2:2.

Shu tariqa, «Xaydenxaym» kelasi mavsum Bundesligada o‘ynaydigan bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter