«MYU» poygadan chiqdi
«Manchester Yunayted» Viktor Dyokereshni o‘z safiga qo‘shib olmaydi.
Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning ta’kidlashicha, 26 yoshli «Sporting» va Shvesiya terma jamoasi hujumchisining «MYU»ga transferi deyarli amalga oshmasligi aniq.
«Yunayted»ga o‘tish hozircha Dyokereshning maqsadi emas, klubning o‘zi esa uning o‘rniga «Vulverxempton»dan Mateus Kunyani olib kelishga qaror qilgan.
Viktor Portugaliya chempionatida 33 ta o‘yinda 39 ta gol urdi va ketma-ket ikkinchi yil ligada eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/