Eriksen «Manchester Yunayted» bilan xayrlashdi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kristian Eriksen klubni erkin agent sifatida tark etadi. Tomonlar yozda tugaydigan shartnomani uzaytirishmadi.
«Bu o‘zgacha vaqt edi, muvaffaqiyatsizliklar va g‘alabalar bo‘ldi. Bunday klubda o‘ynash senda doimiy bosimni his qilasan va menga yoqadi. Endi biroz dam olaman, keyin terma jamoaga boraman. Ko‘ramiz», – deydi futbolchi.
Kristian Eriksen mankunianliklar safida 107 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/