«Manchester Yunayted» oxirgi marta qachon yevrokuboksiz qolgandi?

«Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin edi, ammo Yevropa Ligasi finalida «Tottenxem»ga 0:1 hisobida yutqazdi. Natijada, «qizil iblislar» kelasi mavsumda Angliya sharafini yevrokuboklarda himoya qilmaydi. Premyer-liganing so‘nggi turi oldidan mankunianliklar turnir jadvalida atigi 16-o‘rinda bormoqda.

O‘tgan safar «Manchester Yunayted» ancha oldin – 2014/2015 yilgi mavsumda yevrokuboklarsiz mavsum o‘tkazgandi.

Avvalroq, «qizil iblislar» bosh murabbiyi Ruben Amorim yevrokuboklarsiz mavsum jamoani tuzishda yordam berishi mumkinligi, chunki taqvim osonroq bo‘lishi haqida gapirgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter