Slot: «Bu biz xohlagan natija emas»
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot «Brayton»ga qarshi o‘yinni sarhisob qildi. Angliya chempioni «chayqalar» tomonidan mag‘lubiyatga uchratildi (2:3).
«Ikki juda yaxshi jamoa futbol o‘ynashni xohladi. Men uchinchi golni urishimizni kutgandim, bu barcha savollarni olib tashlagan bo‘lardi, ammo ular hisobni tenglashtirdi.
Ajoyib futbol, lekin biz xohlagan natija emas. Bu darajadagi bunday daqiqalar haqiqatan ham muhimdir. Bundan ko‘p vaqt o‘tmay, Saloh vaziyatdan foydalana olmadi va Federiko Kezada imkoniyat paydo bo‘ldi.
Uchinchi golni urmasangiz, bunday darajadagi uchrashuvda g‘alaba qozonish qiyin, ayniqsa, mehmonda. Agar biz o‘yinda g‘alaba qozonishni istasak, bunday daqiqalarni o‘tkazib yubora olmaymiz» – dedi Slot.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/