Frimpong 48 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

«Bayer»ning o‘ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong yaqin 48 soat ichida «Liverpul»ga o‘tishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, deb xabar beradi Florian Plettenberg.

Transferning barcha tafsilotlari allaqachon klublar va futbolchi o‘rtasida kelishib olingan.

Avvalroq, «Liverpul» Frimpong uchun 35 million yevro to‘lashi, futbolchi bilan shartnoma 5 yilga mo‘ljallangani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Joriy mavsumda u klub safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter