Giggz: «Reshford «MYU»dan ketishi kerak»
«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rayan Giggzning fikricha, hujumchi Markus Reshford «qizil iblislar»ni tark etishi kerak. Ayni paytda futbolchi “Aston Villa”da ijara asosida o‘ynamoqda.
«Menimcha, qaror Amorimning o‘ziga bog‘liq. U hamma narsani hisoblab chiqqan bo‘lsa kerak, ehtimol hammasi murabbiyga bog‘liq emas, chunki munosib futbolchini sotib olish uchun sotishdan pul olish imkoniyati ham bor.
Markus biroz yoqimsiz xotira qoldirib ketdi. U klub tizimi orqali kelgan, dastlabki kunlarda Reshford jamoada juda yaxshi harakat qilgan. Ammo u baxtli ko‘rinmadi, Markus asabiy edi va o‘z futbolidan zavqlanmadi» – dedi Giggz.
Futbolchi joriy mavsumda 41 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/