«Marsel» 20 million yevroga Angliyadan o‘yinchi sotib oladi
Jonatan Rou «Marsel»da doimiy ravishda qoladigan bo‘ldi.
Vinger 2024 yilning avgustida «Norvich»dan ijaraga olingan edi. Fransuz klubi uni 20 mln yevroga sotib olishi mumkinligi aytilgandi.
Bugun Chempionship klubi «Olimpik» 22 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Bu mavsumda Rou Liga 1da 27ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/