Ednaldo Rodriges: «Anchelotti bilan birgalikda futbolimiz tarixiga yangi shonli sahifalarni yozamiz»
Braziliya futbol konfederasiyasi italiyalik Karlo Anchelotti terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganini tasdiqladi.
Tegishli xabar tashkilot veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi. Braziliya futboli rahbari Ednaldo Rodriges voqeani quyidagicha izohladi:
«Bu dunyo futbolida birinchi o‘rinni qaytarib olishimiz haqidagi bayonot.
U tarixdagi eng buyuk murabbiy, u sayyoramizning eng buyuk jamoalarini boshqargan. Biz birgalikda futbolimiz tarixiga yangi shonli sahifalarni yozamiz», – dedi Anchelotti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/