«Barsa» muxlisi Vinisiusni masxara qildi
Vinisiusga «Barsa» bilan o‘yinda plyaj to‘pi ko‘rsatildi.
«Real» safardagi klasikoda 3:4 hisobida yutqazdi. Vinisius 88-daqiqada zaxiraga olindi, braziliyalik jarohat olgani xabar qilingandi.
Marca nashrining yozishicha, Vinisius zaxira o‘rindig‘i tomon ketayotganida «Barselona» muxlislaridan biri o‘rnidan turib, unga to‘siq ortidan plyaj to‘pini ko‘rsatgan.
Vinisius g‘azab bilan o‘sha muxlisni ko‘rsatdi va unga nimadir dedi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/