Federiko Valverde: «Mbappe «Real»ga moslashishi kerak edi va u birinchi kundanoq bunga erishdi»
«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
«Mbappe – dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Har qanday futbolchi singari unga ham moslashish kerak edi va u birinchi kundanoq bunga erishdi.
Biz undan juda mamnunmiz va u ham juda yoqimli inson,» – dedi Valverde The Residency nashriga.
«Real» Mbappeni o‘tgan yilning yozida «PSJ»dan ketganidan keyin erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Madridliklar safidagi debyut mavsumida fransuz 51 ta o‘yinda 35 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/