Gvardiola: «U tayyor»
«Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland APLning navbatdagi turida «Sautgempton»ga qarshi o‘yindayoq maydonga qaytishi mumkin.
Hujumchi jarohat tufayli so‘nggi 1,5 oyni o‘tkazib yubordi.
«U tayyor, formada. Ko‘ramiz, u maydonga tushadimi yoki yo‘q», – deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi BBC.
APLning 38-turidan o‘rin olgan «avliyolar»ga qarshi bahs 10 may kuni «Sautgempton» maydonida bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/