Anri YECHLda kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Tyerri Anri Chempionlar Ligasi finalida kimga g‘alaba tilayotganini aytdi.

Chorshanba kuni «kanonirlar» yarim finaldagi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «PSJ»ga 1:3 hisobida yutqazib, turnirni tark etishdi. Bir kun avval Anrining yana bir sobiq jamoasi – «Barselona» Milanning «Inter» klubiga yutqazdi (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:7).

«Ha, «PSJ» mening «Arsenal»imni turnirdan chiqarib yubordi, ammo men aynan «PSJ» finalda g‘alaba qozonib, Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishini istayman,» – deydi fransiyalik sobiq forvard, hozirda CBS Sports eksperti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter