«Real» Salibani shu yozdayoq sotib olmoqchi

Madridning «Real» klubi yozda himoya markazini jiddiy kuchaytirmoqchi.

Marca xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» «Arsenal» himoyachisi Vilyam Salibani shu yozning o‘zidayoq sotib olishga harakat qiladi. Agar buning iloji bo‘lmasa, klub 2026 yilgacha kutishga tayyor.

Salibaning «kanonirlar» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 80 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter