Trent katta ehtimol bilan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini «Real» safida o‘tkazadi
«Liverpul» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Madridning «Real» klubi safida o‘ynashi ehtimoli yuqori. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Avvalroq, futbolchi joriy mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etishini ma’lum qilgandi. Himoyachining yangi klubi «Real» bo‘lishi kutilmoqda.
Aytish kerakki, Trentning mersisaydliklar bilan shartnomasi 30 iyunga qadar mo‘ljallangan, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati esa 15 iyundan boshlanadi. Ahamiyatlisi, 1-10 iyun kunlari FIFA qo‘shimcha transfer oynasini ochadi.
«Real»ning navbatdagi yirik turnirdagi raqiblari Saudiya Arabistonining «Al-Hilol,» Meksikaning «Pachuka» va Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» jamoalari bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/