Liverpuldagi tungi klub Trentga nisbatan sanksiya qo‘lladi
Dushanba kuni Trent Alexander-Arnold mavsum oxirida «Liverpul»ni tark etish qarorini e’lon qildi. 26 yoshli futbolchi faoliyatini “Real”da davom ettirishi aniq.
Trent «Los-Blankos» safiga iyun oyi boshida, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan qo‘shilishi mumkin. «Liverpul»da Trentning kelajagi haqidagi qaroridan hafsalasi pir bo‘lganlar ko‘p bo‘ldi.
Popworld tungi klubi hatto futbolchiga nisbatan sanksiyalar qo‘llagan – Aleksandr-Arnold endi ko‘ngilochar maskanga kiritilmasligi e’lon qilindi. Aytish joizki, Trentning «Liverpul»ni tark etishi haqidagi xabar kutilmagan hol emas edi. Matbuot anchadan buyon himoyachini «Real Madrid»ga o‘tishi haqida gapirib kelayotgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/