Arne Slot «Liverpul»ning yozgi transfer rejalari haqida gapirdi
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot klubning transfer ishlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Qizillar» yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, jamoa shoshilinch kuchaytirishga muhtoj emas, ammo mos keladigan variantlar o‘rganiladi.
«Kelayotgan yozni allaqachon muvaffaqiyatli deb atash mumkin, chunki biz hamma kutgan Muhammad Saloh va Virjil van Deykni saqlab qoldik. Bu biz uchun katta ahamiyatga ega. Tarkibimizdan mamnun ekanimni aytdim, ammo ba’zida yangi energiya olib kelish foydali. Yozda nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bozorda bizni kuchaytira oladigan o‘yinchini ko‘rgan taqdirdagina shartnoma imzolaymiz,» – dedi niderlandiyalik murabbiy «Chelsi»ga (1:3) qarshi o‘yindan keyin bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/