«Inter» murabbiyi: «G‘alabadan tashqari, jamoa ko‘rsatgan shiddat menga yoqdi»
«Inter» ustozi «Verona» bilan o‘yinni sarhisob qildi.
Italiya A Seriyasining 35-turida milanliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
«G‘alabadan tashqari, menga jamoa ko‘rsatgan shiddat va istak yoqdi. To‘g‘ri kayfiyat bilan maydonga chiqsak, bizga deyarli hech narsa xavf solmaydi. Men buni zaxira jamoa deb atay olmayman, bu shunchaki bir-birini biroz kamroq biladigan yigitlar», – dedi «neradzurrilar» yordamchi murabbiyi Massimiliano Farris.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/