«Manchester Yunayted» Bekxemni tabrikladi
2-may, juma kuni Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Devid 50 yoshga to‘ldi. “Qizil iblislar” matbuot xizmati afsonani yubiley bilan tabrikladi.
«Beks, 50 yoshing muborak», – deyiladi «Manchester Yunayted»ning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Devid 1993 yildan 2003 yilgacha mankunianliklar sharafini himoya qilgan. Umuman olganda, yarim himoyachi «Manchester Yunayted» safida 394 ta o‘yin o‘tkazib, 85 ta gol urgan va 121 ta golga assistentlik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/