«Real» Kurtua bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytiradi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytiradi.

32 yoshli belgiyalik darvozabonga amaldagi shartnomasini yana 2 mavsumga uzaytirish taklif qilindi, deb xabar beradi Relevo.

Nashr manbalariga ko‘ra, «Real Madrid» Kurtuani klub uchun darvozabon pozisiyasida eng yaxshi variant deb hisoblamoqda.

Madrid klubi Tibo uchun 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan shartnoma ko‘pi bilan bir mavsumga uzaytiriladigan qoidadan istisno qilishga tayyor.

Kurtua Madrid klubiga 2018 yilda kelib qo‘shilgan. 2021 yilda esa ular bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter