Pedri: «Oltin to‘p»ni yarim himoyachi ham olishi mumkin»
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri «Oltin to‘p» haqida gapirdi.
22 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, bu sovrinni qo‘lga kiritish uning uchun orzu.
«Rodri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganidan so‘ng, bu sovrinni yarim himoyani boshqaradigan va o‘yin tempini belgilovchi futbolchi ham olishi mumkinligini barcha ko‘rdi.
Men doim «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni orzu qilganman, ammo hozir bor e’tiborimni jamoaviy sovrinlarga qaratganman», – deya Pedrining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/