Bouen «Vest Xem» rekordini o‘rnatdi
Angliya Premyer-ligasining 34-turida «Vest Xem» safarda «Brayton»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mag‘lubiyatga qaramay, londonliklar hujumchisi Jarrod Bouen o‘z hisobiga ikkita assist yozdirib qo‘ydi va klub rekordini o‘rnatdi.
Endilikda 28 yoshli angliyalik futbolchi «Vest Xem» safida APL o‘yinlarida 37 ta golli uzatmani amalga oshirib, Mark Noblning avvalgi natijasini (35 assist) ortda qoldirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/